O‘zAning “Yil tanlovi”da “Neft va gaz sohasi eng ilg‘or korxonasi” nominatsiyasida “ERIELL group” kompaniyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mukofot kompaniya rahbari Baxtiyor Fozilova topshirildi.

“ERIELL Group” kompaniyasi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistonda navbatdagi gazkondensat koni qudug‘ini tikladi.

Qashqadaryo viloyatining “Shimoliy Muborak” konining 26 sonli qudug‘i shu tarzda tugallash fondidan qayta tiklandi. O‘tgan yil aprel oyida ushbu quduq o‘zlashtirilganidan so‘ng Muborak neftgazqazish boshqarmasi (NGQB) balansiga o‘tkazildi.

26-sonli quduqning samarali o‘zlashtirilishi kompaniyaga kuniga 259,6 ming kubometr sanoat miqyosida gaz oqimini olish imkoniyatini beradi. Bunda quduq o‘zagi bo‘yicha (bo‘ylamasiga 2078 metr) vertikal yo‘nalishdan 105 metrga og‘ib, 14 mm li shtutserdan foydalangan holda 2110 metr chuqurlikka yonbosh o‘zakni burg‘ulash texnologiyasidan foydalanildi.

 

O‘zA