Qayd etish kerakki, bu yil ikkinchi marta tashkil etilgan an’anaviy tanlovimiz birinchi marta 2019 yilda o‘tkazilgan edi.

Bu yil ham tanlovning 1-bosqichida ijtimoiy so‘rov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar uchun da’vogarlar saralandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra keyingi bosqichga o‘tgan tizimlar aniqlandi.

2-bosqichda esa, g‘oliblar jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan aniqlandi. Unda 50 nafardan ortiq jurnalist va bloger o‘zi maqbul deb topgan tizimga ovoz berdi.

Ana shunday ovoz berish yo‘li bilan “Eng ko‘p o‘zgarish qilgan tashkilot” nomi aniqlandi.

Ko‘pchilik hamkasblarimizning istagiga ko‘ra bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, g‘olib, deya e’tirof etildi.

 

O‘zA