Qayd etish kerakki, anʼanaviy tashkil etilayotgan mazkur tanlov birinchi marta 2019-yilda oʻtkazilgan edi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA bugun oʻtgan 2020-yilning eng faol va zoʻr faoliyat yuritgan vazirlik, tashkilot, hokimlik va banklarni aniqlaydi! Qisqacha aytganda, Oʻzbekistonda ramziy maʼnodagi toʻrtinchi hokimiyat bu yil ikkinchi marta boshqa haqiqiy hokimiyat egalarini taqdirlaydi.

Tanlovning 1-bosqichida ijtimoiy soʻrov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar uchun daʼvogarlar saralandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi soʻrovnoma yakunlariga koʻra keyingi bosqichga oʻtgan tizimlar aniqlandi.

2-bosqichda esa, gʻoliblar jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga asosan aniqlandi. Unda 50 nafardan ortiq jurnalist va bloger oʻzi maqbul deb topgan tizimga ovoz berdi.

Tanlovning ochilishida Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi Bosh direktori A.Koʻchimov bugungi jurnalistika, unga eʼtibor ham mazkur tanlovda ham alohida aks etganini qayd etdi.

Shu tariqa 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida anʼanaviy tanlov gʻoliblari saralab oldi.

 

O‘zA