Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanining olis Abay ovulida “Beruniy tekstil invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi faoliyat boshladi.

Korxonada hududda shakllantirilgan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxati asosida 50 nafar yoshlar va ayollar ish bilan ta’minlandi.

– Yoshlikdan egallagan hunarim bo‘yicha ishga qabul qilinganimdan xursandman, – deydi tikuvchi Gulmira Jaksilikova. –Tikuv sexida erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari hamda milliy qo‘l hunariga asoslangan turli naqshli tikuv mahsulotlarini tayyorlaymiz.

Sex ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A.Safarboyev, sektorlar rahbarlari, tuman faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA