AQSHning Eronga joriy etgan sanksiyalar ro‘yxatiga yana bir shaxs va bir nechta po‘lat ishlab chiqaradigan kompaniyalar qo‘shildi, deyiladi “TASS” xabarida.
Mamlakat Moliya vazirligi Eronning umumiy ishlab chiqarish quvvati, yiliga millionlab tonna po‘lat mahsulotlarga etadigan 12 ta kompaniyalariga cheklovlar qo‘ydi, deyiladi vazirlik axborotida.
Cheklov choralari ko‘rilgan tashkilotlar orasida Yaqin Sharqdagi minalar va mineral sanoatni rivojlantirish xolding kompaniyasi ham bor.
Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga kompaniyaning Xitoy, Germaniya va Buyuk Britaniyada joylashgan uchta korxonalari ham kiritilgan.
Cheklovlar AQSH prezidenti Donald Trampning Eronning metallurgiya sanoatiga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi farmoni doirasida kiritilgan.
Ushbu hujjat 2019 yil may oyida Vashington ma’muriyati rahbari tomonidan imzolangan edi.