Rossiyaning Sochi shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan “Liga Stavok” turnirida hamyurtimiz Shukurjon Rahimov rossiyalik Ara Gaboyanni 4 raundda ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, turnir doirasida yana bir bokschimiz Odiljon Aslonov mezbonlar vakili Andrey Yefremenkoga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda Odiljon raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlar tomonidan g‘olib, deya e’tirof etildi.

Shu tariqa, ushbu janglardan so‘ng Murat Gassiyev jamoasi o‘z hisobiga ikki g‘alabani yozib qo‘ydi.