I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida yangi direktor – Tigran Mkrtichev o‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan muzeyda jurnalistlar va blogerlar bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

T. Mkrtichev bungacha Moskvadagi Rerixov muzeyi – Sharq Davlat muzeyi filiali direktori lavozimida ishlab kelgan. 2019 yil O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan Open Call tanlovida g‘olib bo‘lgan edi.

Tigran Mkrtichev 1959 yilda Tverda tug‘ilgan, Toshkent davlat universitetida «tarix» yo‘nalishida tahsil olgan. Samarqand, Buxoro va Termizdagi arxeologik ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. 2002 yilda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan. 2018 yildan O‘zbekistondagi Buyuk Kelajak ekspert kengashi a’zosi.

Savitskiy muzeyigi bundan oldin rahbarlik qilgan Gulbahar Izentayeva esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining madaniyat va ma’naviyat ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Ye.Qanoatov, O‘zA