Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi davom etmoqda.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan,  Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.

 

O‘zA