2020 yilda jami 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 3 nafar sudya boshqa ishga o‘tganligi (ular orasida respublika rahbarlik idoralarida mas’ul vazifaga tayinlangani ham bor)  sabab vakolati muddatidan avval tugatilgan.

Cudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 12 nafari esa so‘zsiz tizimdan chetlatildi (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra ariza bergan 5 nafar sudya  ham endilikda tizimda emas.

Lavozimidan ozod etilganlarning qariyib to‘rtdan birini vafoti  munosabati bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan sudyalar  tashkil etadi. Ya’nikim, koronavirus oqibatida sudyalar korpusining 7 nafar vakilini hayotdan barvaqt olib ketgan.

                                                                            O‘zA