O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqboli, shuningdek, turli darajada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.