2021 yil boshidan sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti joriy qilinadi. Viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingga yaqin qaror Oliy sud tomonidan bekor qilingan.
2021 yildan boshlab viloyat darajasidagi fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar umumiy yurisdiksiya sudiga birlashgan holda faoliyat boshlaydi. Uchta sudlar bitta sud sifatida birlashtiriladi.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkaziladi.