Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida mahalla tizimi, undagi mas’uliyat, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
– 4-5 ta bo‘sh turgan joylar, 10-12 ta kichik ishlamay turgan korxonalar bor. Ularga kredit berish kerak, soliqdan qo‘llab-quvvatlash kerak, ana shunda o‘zgarishlar bo‘ladi. Shuning uchun barcha rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natija qilish shart. Bundan buyon mahalladagi vaziyat, ahvol vazirlik, hokimlikdagi ishlarni baholashda bosh mezon bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, mahallaning nufuzi, uning resursini oshirish, xodimlarning moddiy ta’minotini ta’minlash uchun dastur ishlab chiqiladi. Kelayotgan yildan tumanlar byudjetiga qo‘shimcha mablag‘larning kamida 10 foizi bevosita mahallalardagi muammolarni hal etishga sarflanadi. Endilikda tuman byudjetining 5 foizi ham quyi pog‘onalarni rivojlantirishga sarflanadi.