Ta’kidlanishicha, kelayotgan yildan avichipta narxining bir qismini byudjetdan qoplab berish tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat xususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi. Keyingi yilda ikkita tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish boshlanadi.
Qishloqlarni tuman markazlari bilan uzluksiz bog‘laydigan avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytiriladi. Toshkent shahrida yerusti metroning 12 kilometrlik bosqichi foydalanishga topshiriladi. Shu tariqa yerosti va yerusti metro bekatlari yaxlit bir tizim shaklida ulanadi.
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha ichki va ziyorat turizmiga e’tibor qaratiladi. Ziyorat joylari atrofi, suv, yo‘l infratuzilmasining ta’minoti, yaxshilanishi uchun byudjetdan 1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.