Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi davom etmoqda.
2021 yilda Sanoat qurilish, Asaka, Ipoteka, Aloqa, Turon hamda Qishloq qurilish banki xususiylashtirishga tayyorlanadi.
– Banklar transformatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilyapti, kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga to‘liq sotiladi, – dedi davlatimiz rahbari. – Bu borada yetakchi Yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilyapti. Davlat aktivlarini ochiq-oshkora va samarali sotish uchun xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilar jalb etilib, qator korxonalar xususiylashtirishga oid keng qamrovli ishlar amalga oshirish boshlangan.
Kelgusida 83 ta yirik korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar soni kelgusi ikki yilda kamida uch barobarga qisqartiriladi.