Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik asosiy vazifa bo‘ladi.

– Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishining oldini olish maqsadida import bojlari bo‘yicha imtiyozlar muddati kelgusi yil yakuniga qadar uzaytiriladi, – deydi Prezidentimiz. – 2021 yilda iqtisodiyotimiz kamida 5 foizga o‘sishi, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligi ta’minlanadi. Iqtisodiyotning xorijiy valyutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida valyuta kreditlari ulushi hozirgi 50 foizdan 45 foizgacha, ya’ni 2 milliard dollarga pasaytiriladi.