Unda Prezident barcha sohalar qatori tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratishga ham e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanishicha, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar soni 2 yilda 3 barobarga qisqartiriladi.

Murojaat davomida tovar va moliya bozoridagi erkin raqobatni shakllantirish, tadbirkorlar erkin xomashyo sotib olishi uchun teng imkoniyatlar yaratish zarurligi qayd etildi.

– Elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral o‘qitlar, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda monopol bozorlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab muammolar va korrupsiya saqlanib qolmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.