Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan anjumanda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalariga 300 milliard so‘m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yangi yo‘nalishiga aylandi. Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan IT parklarda 500 dan ortiq kompaniya ish boshladi.
Yakunlanayotgan yilda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 3 trillion so‘m sarflandi. 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi, bu degani aholining tozi ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 73 foizga yetdi.