Nukus shahri ham shu kunlarda bayram libosiga burkangan.

Markaziy ko‘chalar, xiyobonu sayilgohlar turli illyuminatsiyalar, rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan.

Joylarda Yangi yil bayrami kayfiyatini beruvchi archalar o‘rnatilgan. Ayniqsa I.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi yonidan joy olgan katta bayram archasining salobati va chiroyi kattayu kichikka olam-olam quvonch bag‘ishlamoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA