So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilda haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqala boshladi. Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritdi.

Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Ya’ni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Buning uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

1) Pasport;

2) Eski haydovchilik guvohnomasi va talon.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70% (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomi berilgan.

Quyidagi infografika orqali qaysi Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin: