Ma’lumki, pandemiya davrida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy o‘quv yilining I va II choraklarida jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya fanlarini vaqtinchalik o‘tmaslik tavsiya etilgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 5,6 million nafar (90 foiz) o‘quvchi an’anaviy shaklda ta’lim olayotganligi, ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib, maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini ma’lum qiladi.

O‘quv yilining birinchi yarim yilligidagi mavzular vazirlikning tavsiyalariga muvofiq, tig‘izlashtirilgan holda (mavzularni qo‘shgan holda) o‘tiladi.

O‘zA