2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasini tuzishda neftni qayta ishlash korxonalari, benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli hamda avtosanoat uchun tatbiq etilgan soliq imtiyozlarini saqlab qolish soliq-byudjet sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Xususan, neftni qayta ishlash korxonalariga aksiz solig‘i bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari, benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli uchun ikki barobarga pasaytirilgan soliq stavkasi, mahalliy avtomobillarni ishlab chiqaruvchilar uchun esa 27 foizdan 5 foizgacha kamaytirilgan aksiz soliq stavkasi kelgusi yilda ham o‘zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, o‘simlik yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘i stavkasini (bir tonnasi uchun 919 ming so‘m edi) 50 foizga qisqartirish hisobiga fermerlar daromadini ko‘paytirish maqsadida paxta tolasi hamda chigit narxi oshiriladi.

 

O‘zA