«SQB Insurance» savdo belgisi asosida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan «PSB Insurance» sug‘urta kompaniyasi 2018 yil 28 noyabrda tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 16 avgustda berilgan SF 00248-sonli litsenziyaga ega.

Sug‘urta kompaniyasining asosiy maqsadi – mijozlariga ishonchli hamkor bo‘lish hisoblanadi. Kompaniya umumiy sug‘urta sohasining ixtiyoriy va majburiy turlari bo‘yicha barcha 17ta klass doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan 14ta filiallari orqali ishonchli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

«SQB Insurance» Ustav kapitali 35,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, milliy shkaladagi (Uz) “A+” (yuqori to‘lov qobiliyatli) “Barqaror” reyting darajasiga ega.

Joriy yil natijalari

Kompaniya aktivlari yil boshiga nisbatan 144,5%ga, sug‘urta zahiralari 198,0%ga, sof foydasi 4,9 barobarga oshdi. Joriy yilning 9 oyi davomida 47 014 dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan bo‘lib, 14 896,9 mlrd. so‘m sug‘urta himoyasi taqdim qilindi hamda 27,3 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlandi. Sug‘urta xizmatlari bozorida sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha ulushini 0,73%dan 2,02%ga oshdi.

Kompaniya tomonidan kelib tushgan 605 dona sug‘urta da’volarining 99%i ijobiy hal qilinib596 nafar mijozga 4,1 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari o‘z vaqtida to‘lab berildi. Jumladan, “Sardoba” suv omborining texnogen ofati va Buxorodagi tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan mijozlarga 364.7 mln. so‘m miqdorida

Ushbu raqamlar Kompaniyaning ishonchligining yaqqol dalolatidir!

Mahalliy va xalqaro hamkorlik

Kompaniya Respublikamizdagi 28 ta sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan. Bundan tashqari xalqaro hamkorlik yo‘nalishida “Skala broker”, “Aksiom InRE”“Straxovoy broker Sosete de Kurtaj Re”, “MOI Broker”“Remed Assistance” kabi kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib samarali ishlar olib borilmoqda.

Taklif etilayotgan sug‘urta mahsulotlari

Umumiy sug‘urta sohasining 17 ta klassi doirasida ixtiyoriy va majburiy turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 100ga yaqin sug‘urta mahsulotlari, jumladan:

TVEFJMSQ, IBFJMSQ, TFJMSQ va boshqa turdagi majburiy sug‘urtaning barcha turlari;

Mol-mulk sug‘urtasi, shu jumladan garovga qo‘yilayotgan/lizingga berilayotgan mol-mulklar (bino-inshoot, avtotransport vositasi, asbob-uskuna, ishlab chiqarish liniyalari va h.k)ni sug‘urtalash;

Jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning qaytmasligini sug‘urtalash;

Shaxsiy sug‘urta (Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash).

Bundan tashqari, mijozlarda katta qiziqish uyg‘otgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan quyidagi sug‘urta mahsulotlari:

Trnsport vositalarini sug‘urtalash bo‘yicha taklif etilayotgan “KASKO-PREMIUM”, “KASKO-SILVER” va “AVTO LYUKS” kabi sug‘urta mahsulotlari;

Uy-joyni sug‘urtalash bo‘yicha taklif etilayotgan “Mening uyim”, “Katta uy” va “SWEET HOME” kabi sug‘urta mahsulotlari;

Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha taklif etilayotgan “Xorijga chiquvchilarni baxtsiz hodisalardan geografik hudud bo‘yicha sug‘urtalash” va “Mening oilam” kabi sug‘urta mahsulotlari;

Sayohatchilarni va chet elga chiquvchilarni sug‘urtalash bo‘yicha taklif etilayotgan “TRAVEL” sug‘urta mahsuloti va h.k.

Mijozlarga yaratilgan qulayliklar

«SQB Insurance» O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, bank va moliya tizimlari orasida
API-almashuv joriy qilindi hamda sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda amalga oshirish, elektron polislar (E-Polis) berish tizimi ishga tushirildi.

1) Kompaniyaning internet tarmog‘idagi www.psbinsurance.uz korporativ sayti orqali:

  • Kompaniya va uning ko‘rsatkichlari to‘g‘risida;
  • Sug‘urta mahsulotlari to‘g‘risida;
  • Sug‘urta polisining holati to‘g‘risida;
  • Onlayn tarzda sug‘urta mahsulotlariga buyurtma berishlari mumkin.
  • Bundan tashqari virtual qabulxona orqali o‘zlarining taklif va e’tirozlarini qoldirishlari mumkin.

2) Kompaniyada ish samaradorligini yaratish uchun “SQB Online” platformasi yaratilgan bo‘lib ushbu platformada Kompaniya faoliyati uchun barcha zarur baza shakllantiriladi. Bundan tashqari TVEFJMSQ bo‘yicha sug‘urta polislarini sotish uchun onlayn platforma ishga tushirilgan.

Mijozlarga masofaviy xizmatlar ko‘rsatilishida qulaylik yaratish maqsadida, https://t/me/psbinsurbot  manzildagi Telegram bot  kanali orqali onlayn rejimda bir qator majburiy va ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarini xarid qilish mumkin.

Sug‘urta mukofotlarini an’anaviy to‘lov usullaridan tashqari Payme, Click va Upay to‘lov tizimi orqali ham onlayn tartibda to‘lash mumkin.

Kompaniyaning Facebook, Telegram va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘z sahifalari yaratilgan.

Mijozlarning murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida qo‘ng‘iroqlarni kompaniya xodimlariga, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, yo‘naltirish imkoniyatini beruvchi ko‘p kanalli zamonaviy IP-telefoniya tizimi qo‘llaniladi.

Ko‘zlangan maqsadlar

Kompaniya o‘z oldiga yaqin 3 yilda quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:

Sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish; Kompaniya 2021 yil 1 yanvardan boshlab buxgalteriya va boshqa hisobotlari to‘liq xalqaro normalarga ko‘ra yuritish;

Doimiy ravishda mahalliy va xorijiy sug‘urta bozorini o‘rganib borish, buning uchun yosh va malakali xodimlarni jalb qilish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini doimiy ravishda oshirib borish;

Kompaniya kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini doimiy oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, shuningdek, investitsiya faoliyatini rivojlantirish;

sug‘urta brokerlari va sug‘urta agentlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, banksug‘urta mexanizmlarini joriy etish;

Respublikamizning tuman va shaharlarida “Sotuv markazlari”ni ochish;

IT-texnologiyalarni qo‘llash orqali sug‘urta mahsulotlarining onlayn sotuvini yanada rivojlantirish;

Mijozlarning talab va taklifidan kelib chiqib, yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlari yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;

2020 yil yakunlari bo‘yicha Xalqaro reyting tashkilotlarining reyting darajasini olish va xalqaro qayta sug‘urtalash bozoriga ham chiqish;

Aholining sug‘urta savodxonligini va sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida doimiy ravishda Kompaniya xodimlari va sug‘urta agentlari orqali joylarda ochiq davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish.

Siz o‘z sog‘ligingiz va mol-mulkingizni asramoqchimisiz? Bu vazifani Bizga qoldiring !

Cizning ishonchli himoyachingiz va hamkoringiz, SQB Insurance!

Ma’lumot uchun. “SQB Insurance” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi 2018 yil 28 noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. 

 

 «PSB Insurance» SK axborot xizmati