Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda “siyosiy beqarorlik” holati vujudga kelgan taqdirda Oliy Radani tarqatib yuborishga tayyorligini bayon qildi.
U “ICTV” efirida shunday fikrni bildirdi.
Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, hozirgi paytda mamlakatda koronavirus va iqtisodiyot tanazzul kabilar bilan bogʻliq qator beqaror vaziyatlar mavjud. U mamlakat parlamenti davlatga ishlashi lozimligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Zelenskiy Oliy Radaga Konstitutsiyaviy sud sudyalari vakolatini bekor qilish taklifi bayon etilgan qonun loyihasini kiritgandi.

 

O’zA