Birinchi va ikkinchi ochiq keys-chempionatni muvoffaqiyatli yakunlagangach, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Uchinchi ochiq keys-chempionatiga start berildi.
Oldingi tadbirlarda 3000ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, ulardan 600 nafardan ortigʻi gʻalaba qozongan.
Keys-chempionati gʻoliblari quyidagilarni qoʻlga kiritishlari mumkin:
– jamoa safida bellashib oʻz bilim va koʻnikmalar darajasini sinab koʻrishi;
– professional tahlilchilar va strateglar darajasidagi muammolarni hal qilishga urinib koʻrishi;
– professional hakamlar hayʼati tomonidan tan olinishi;
– oʻz yutuqlarining portfoliosini Sovrindor sertifikati bilan toʻldirishi;
Keys-chempionati ishtirokchilariga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mavzular taklif etiladi:

– mobil ilovalarni rivojlantirish;
– sunʼiy intellektni qoʻllash;
– investorlar huquqlarini himoya qilish;
– monopoliyalar faoliyatini boshqarish;
– xususiylashtirish masalalari;
– aholining moliyaviy savodxonligi;
– “Oʻzbekiston iqtisodiy moʻjizasi”.

Ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish www.qabul.bfa.uz veb-saytida amalga oshiriladi. U yerda keys-chempionatining oʻtkazish tartibi ham eʼlon qilingan.
Keys-chempionat taqvimi:
– 10-noyabrgacha ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish;
– 11-noyabrgacha jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
– 11-noyabrgacha keys-topshiriqlarini eʼlon qilish;
– 18-noyabrgacha bajarilgan keys vazifalarini qabul qilish;
– 21-noyabrgacha baholash natijalarini eʼlon qilish;
– 27-noyabrgacha keys-chempionati gʻoliblarini taqdirlash marosimi.

Keys-chempionati respublikamizni yetakchi bank va moliya tashkilotlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Uchinchi ochiq keys-chempionati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni www.bfa.uz veb-saytida va http://t.me/bfauzkanalida olishingiz mumkin.
Xomiylik va sherikchilik masalalari boʻyicha office@bfa.uz manziliga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Yangiliklarni https://t.me/bfauz orqali kuzatib boring
Yangiliklarni https://t.me/bfauz orqali kuzatib boring
Savol va murojaatlar uchun @BFA_uz_bot
Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
O’zA