AQSH JSSTga ushbu tashkilot tarkibidan chiqishi haqida rasman maʼlum qildi, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligining BMT tezkor faoliyat masalalari hamda xalqaro taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boʻlimi boshligʻi Grigoriy Ustinov.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkilotni tark etishi haqida eʼlon qildi. Bu haqda tegishli hujjat JSST kotibiyati tomonidan qabul qilib olindi”, — dedi u “Hamjamiyat” forumida soʻzga chiqib.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkilotni tark etishi haqida eʼlon qildi. Bu haqda tegishli hujjat JSST kotibiyati tomonidan qabul qilib olindi”, — dedi u “Hamjamiyat” forumida soʻzga chiqib.
AQSH prezidenti Donald Tramp iyul oyi boshida mamlakatning JSST tarkibidan chiqishi haqida kongressga rasman maʼlum qilgan edi. Davlat departamenti esa Vashington kelasi yil yozda tashkilotni tark etishi haqida taʼkidlagan edi.
Trampning fikricha, “tashkilot talab qilingan islohotlarni amalga oshirmagan”. Xabarda aytilishicha, Qoʻshma shtatlar JSSTga badal sifatida ajratadigan mablagʻni bundan buyon dunyo boʻylab sogʻliqni saqlash sohasi ehtiyojlari uchun yoʻnaltiradi.
OʻzA