Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Odilova ishtirokida brifing tashkil etildi.
Yangi dori-darmonlar, jumladan, vaksinalar ham ishlab chiqarilganidan keyin bir necha bosqichda sinovdan oʻtkaziladi.
Brifingda taʼkidlanishicha, sinovda qatnashish uchun koʻngillilar oʻz xohishlariga koʻra tanlab olinadi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksinani sinovdan oʻtkazishda ushbu kasallikka chalinmagan va organizmida immunoglobulin G shakllanmagan koʻngillilar qatnashishi mumkin.
JSST maʼlumotlariga koʻra, virus yuqtirgan yoki tashuvchi insonlarning virusdan xalos boʻlish muddati haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Lekin ayrim holatlarda 3 oygacha yuqumli boʻlishi mumkinligi keltirilgan.
Taʼkidlanishicha, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizgi qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkillashtirmagani oqibatida ishchida ish vaqtida turli jarohat va kasb kasalliklari yuzaga kelsa, bunda uning davolanishi va reabilitatsiya jarayoni uchun ketgan mablagʻ ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin. Ammo ushbu holat ekspertlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA