TAYINLOV: Yodgor Saʼdiyev rahbarlik lavozimga tayinlandi

Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Yo.Saʼdiyev Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Yetakchi aktyor sifatida ijtimoiy muhit va boy ichki dunyo bilan murakkab munosabatlarga ega koʻplab qahramonlarni gavdalantirgan. Shuningdek, kinoda ham esda qolarli, oʻziga xos xarakterga ega timsollarni gavdalantirgan. Koʻp qismli “Shaytanat”da Asadbek, “Iblis devori”da Ibrohim amaki rollari bilan shuhrat qozondi.
Yodgor Saʼdiyev dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan.
Ijodkor 1989-yil Hamza nomidagi Davlat mukofoti, 1998-yil “Oʻzbekiston xalq artisti”, 2005-yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

 

OʻzA