Gipsdan yasalgan haykallar bronzaga almashtirilmoqda

Toshkentdagi Adiblar xiyobonida oʻrnatilgan Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Mahmudxoʻja Behbudiy, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Aleksandr Faynbergning gipsdan yasalgan haykallari bronzaga almashtirilmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari xabar berdi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Abdulla Avloniy, Ibroyim Yusupov singari yozuvchi-shoirlarning gipsdan ishlangan haykallari bronzaga oʻzgartiriladi.
Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzodaga esa biratoʻla bronzadan haykal oʻrnatiladi.

 

OʻzA