Koʻz kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan innovatsion klinika

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida yaqinda ish boshlagan “Doktor Maqsudova” innovatsion klinikasida koʻz kasalliklarini tibbiyotning eng soʻnggi uslubida davolash va murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati yaratilgan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida oʻtkazilgan majlis bayoniga asosan barpo etilgan oftalmologiya va diagnostika shifoxonasining loyiha qiymati 11 milliard soʻmni tashkil etdi.
photo_2020-10-28_15-30-17.jpg
photo_2020-10-28_15-30-22.jpg
Ushbu klinikada telemeditsina markazi ham tashkil qilingan boʻlib, endilikda aholining uzogʻini yaqin qilgan holda chet ellik malakali shifokorlar bilan hamkorlikda tajriba almashish ishlari olib boriladi.
Oftalmologiya va diagnostika, stomatologiya, LOR kombayn, ginekologiya-videokolposkopiya, kardiologiya, EKG, UZI xizmatlari koʻrsatiladi. Bu yerda mavjud zamonaviy texnologik uskunalar AQSH, Yaponiya va Germaniya davlatlaridan olib kelingan. 10 nafar malakali shifokor va 18 nafar ishchi xodim bemorlar salomatligi uchun masʼul.
photo_2020-10-28_15-30-27.jpg
photo_2020-10-28_15-30-30.jpg

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA