Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika eʼlon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanga tabrik yoʻlladi.
Maktubda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi koʻp qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom maʼnoda strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va oila aʼzolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdogʻanning serqirra va masʼuliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-gʻayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.

 

OʻzA