Federatsiya raisi Xoʻjaylida ikkita maktabga zaruriy texnikalarni taqdim etdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safari bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Xoʻjayli tumanida faoliyat koʻrsatayotgan umumtaʼlim maktablarining direktorlari bilan uchrashdi.

Oʻzaro samimiy, konstruktiv muloqot tarzida oʻtgan mazkur uchrashuvda pandemiya sharoitida dars mashgʻulotlarini tashkil etish, oʻquvchilar salomatligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari hamda maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan Federatsiyaning “tayanch guruhlari” faoliyati bilan tanishdi.

Federatsiya raisi J.Sarimsoqov tumanning 6- va 41-sonli maktablariga dars mashgʻulotlarini onlayn tashkil etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnikalarni taqdim etdi.

 

OʻzA