Olis Moʻynoq tumanida ham “Isteʼmolchilar uyi” quriladi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani hokimi Ye.Edenbayev oʻrtasida amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Moʻynoq tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tumanda qurilishi rejalashtirilayotgan “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksida “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchi qabulxonasi” ish yuritishi bilan bir vaqtda yosh yigit-qizlarga milliy hunarmandchilikni oʻrgatuvchi “Hunarmand yoshlar” oʻquv markazi ham faoliyat koʻrsatadi.

 

OʻzA