“NASA” Oyni tadqiq qilishda “Nokia” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Finlyandiyaning “Nokia” kompaniyasi AQSH aeronavtika va kosmik tadqiqotlar Milliy boshqarmasi – “NASA” tomonidan Oydagi uzoq muddatli aloqa tarmogʻi uchun tanlab olindi.
“Nokia” maʼlumotnomasida aytilishicha, kompaniyaga qarashli “Bell Labs” laboratoriyasi 2022-yilning oxirida Oy yuzasida tarmoqni vujudga keltirish ishlarida ishtirok etadi.
Bu tarmoq orqali lunoxodlar masofadan boshqariladi, real vaqt rejimidagi takomillashuvchi navigatsiya bilan yuqori sifatli video mahsulotlarni uzatib turiladi, deyiladi “INTERFAX.RU” xabarida.

 

O’zA