Qirgʻiz Respublikasi parlamenti mamlakatning amaldagi rahbari Sooronbay Jeenbekovning bugun xalqqa eʼlon qilgan murojaatida bildirgan isteʼfo haqidagi qarorini 16-oktyabr kuni koʻrib chiqadigan boʻldi. Bu haqda mamlakat qonunchilik kengashi mutasaddilari OAVga maʼlum qilgan.
“Oʻn oltinchi oktyabr soat 10:00 da ”Ola-Archa“ davlat qarorgohida Jogʻorqu Kenesh (parlament)ning navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtadi. Kun tartibi – QR prezidenti isteʼfosi masalasi”, – deyilgan matbuot xizmat vakili bayonotida.
Kecha Jeenbekov Sadir Japarovni mamlakat Bosh vaziri etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagan edi.
OʻzA