Oʻzbekistonlik yosh rejissyorlar xalqaro festival gʻolibi

Avvalroq, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati tomonidan agentlikda Yaponiyaning “DigiCon6 Asia-2020” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur festivalning 22-koʻrigi Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekkino” Milliy agentligida saralab olingan filmlar qatnashdi va bu filmlar gʻolib deb topildi.
Shunga koʻra, 4 nafar yosh rejissyorimiz, jumladan, Abror Samugʻjonov “Qurt”, Saidaʼloxon Maʼsudxonov “Larisa”, Asadulla Abdullayev “Konsert” va Maftuna Ergasheva “Yer qadri” filmlari uchun maxsus diplom bilan taqdirlandi.

 

G.Boboyeva, OʻzA