Koreya Respublikasi Eksimbanki ishtirokidagi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yana-da rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻistondagi 260ta umumtaʼlim maktablariga qariyb 3 ming 997 dona kompyuter yetkazib berildi. Ushbu kompyuterlar asosan olis qishloqdagi maktablarga tarqatildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, kompyuterlarni oʻrnatishga moʻljallangan barcha sinflar tayyor holga keltirilgan va uskunalar bilan taʼminlangan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, kompyuterlarni oʻrnatishga moʻljallangan barcha sinflar tayyor holga keltirilgan va uskunalar bilan taʼminlangan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi qaroriga asosan Koreya Respublikasi Eksimbanki Iqtisodiy rivojlanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 33 mln. AQSH dollar imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
E.Qanoatov, OʻzA