Pilla yetishtirishda ilgʻor tajriba

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani pillakorlari sohada yuqori kӱrsatkichlarga erishib kelmoqda. Shuning natijasida pillachilik bilan shugʻullanuvchi kasanachilar safi ortib bormoqda.
Tumandagi Ibn-Sino mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Norgul opa Allamova 20 yildan beri pilla yetishtirib, oilaviy anʼanani davom ettirib kelmoqda. Birinchi mavsumda aprel oyida pilla qurtini yetishtirish ishlarini boshlagan boʻlsa, ikkinchi mavsum iyul oyida boshlandi va oktyabr oyida hosilni yigʻish ishlari olib borildi. Bugungi kungacha 80 kilogramm pilla hosili topshirildi. Har bir kilogrami uchun 20400 soʻmdan naqd pul koʻrinishida ish haqi toʻlab berilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida pillachilik qӱshimcha daromad manbai bӱldi.
photo_2020-10-10_18-45-31.jpg
– Sohaga berilayotgan eʼtibor bois pillachilik tarmogʻi rivojlanib bormoqda, – deydi “Beruniy agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Muhabbat Annamurodova.
– Joriy yilda 1635 nafar kasanachi bilan shartnoma tuzilgan boʻlsa, ulardan 1200 nafari ayol, 125 nafari yoshlardan iborat. Shundan 18 nafari “Temir daftar”ga kirgan oila aʼzolari hisoblanadi. Mavsum davomida 4 marotaba pilla yetishtirilib, hozirgi kuz faslida ham pillachilik bilan shugʻullandi. Tumanimizda 135 tonna pilla topshirish rejasi ortigʻi bilan bajarildi. Qolgan mavsumlarda yana 10 tonna pilla topshirildi. Ilgʻor pillakorlar 7-8 million sӱm atrofida daromad olmoqda.
photo_2020-10-10_18-45-40.jpg
Har bir kasanachiga oilaviy pudrat asosida 1 gektargacha yer tajriba sifatida boʻlib berildi. Joriy yildan boshlab barglarni ham xorijga eksport qilish yӱlga qӱyilmoqda.
Qoʻl mehnati bilan yaratilgan pilla dunyo bozorida sifat jihatidan yuqori baholanadi. Shu nuqtayi nazardan beruniyliklar pilla yetishtirish borasida oʻzlarining tajriba maktabi anʼanalarini yaratmoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA