Qirgʻizistonda takroriy saylov kuni maʼlum qilindi

Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasi qayta saylov oʻtkaziladigan kunni 6-noyabrgacha eʼlon qiladi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar qilgan.
Qirgʻiziston konstitutitsiyasiga koʻra, agar saylov haqiqiy emas, deb topilsa takroriy saylov oʻtkaziladi. Qayta saylov MSK tomonidan bir oy ichida tayinlanishi kerak. Shunday qilib, Markaziy saylov komissiyasi Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshiga qayta saylov oʻtkazish haqidagi qarorini 2020-yilning 6-noyabrigacha qabul qiladi”, – deyiladi xabarda.
Bundan avval noroziliklar tufayli MSK Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovi natijalarini haqiqiy emas, deb tan olgan edi.

 

OʻzA