ŠKODA KODIAQ ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: besh oʻrindiqli Ambition va yetti oʻrindiqli Style. Mahalliy bozor uchun ushbu model sigʻimi 2 litrlik, quvvati 180 ot kuchiga ega boʻlgan turbo dvigatel, yetti bosqichli robotlashtirilgan, eng soʻnggi avlod DSG qutisi, toʻliq uzatma va panorama lyuk bilan taqdim etiladi.
– ŠKODAning debyut modeli xavfsizlik sohasida ekspertlarning maksimal bahosini olgan: European New Car Assessment Programme mustaqil sinovlar natijalariga koʻra, ushbu yoʻltanlamasga eng yuqori reyting – besh yulduz berilgan» deydi “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Sardor Tadjiyev.
Dastlabki avtomobillarning yetkazib berilishi joriy yilning noyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
OʻzA