Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Ukrainaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Kamalov mamlakatlarimiz oʻrtasida iqtisodiy, madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirish, kelajakda sanoat, qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, chorvachilik, turizm, taʼlim, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tibbiyot, farmatsevtika sohalari boʻyicha hamkorlik masalalariga toʻxtalishdi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ukraina mamlakati bilan hamkorligini yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni yana-da rivojlantirish, IT texnologiyasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash, qayta ishlash sohasida qoʻshma korxonalar tashkil etish borasida fikr-mulohazalar boʻldi.
–Tashrifdan koʻzlangan maqsad, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonloma aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishdan iborat,–deydi elchi Nikolay Doroshenko.
–Jahonda mashhur I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi hamda Ukraina muzeylari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, turli madaniy tadbirlar tashkil etish, Orolboʻyining investitsion salohiyati bilan yaqindan tanishish va hududga investorlarni jalb qilish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Shu kunning ӱzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida Orolboʻyining investitsion salohiyati taqdimoti boʻldi. Ukrainaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko tashrifi doirasida I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyida bӱldi hamda Nukus shahridagi I.V.Saviskiy qabriga gul qoʻydi.
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA