Aholi muammolari hamisha eʼtiborda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi yangi binosining ochilish marosimi bӱlib ӱtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.Mamatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri S.Turmanov, tuman hokimi S.Yoʻldashev va boshqalar, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ӱtgan qisqa davrda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, mahallani xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli “koʻprik” boʻlishini amalda taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarga tӱxtalishdi.
photo_2020-10-06_21-35-01.jpg
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida tuman va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi bilan jihozlash vazifasi belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash doirasida Amudaryo tumani hokimligi balansidagi foydalanilmay turgan bir qavatli binoda joriy yilning fevral-sentyabr oylarida mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan ajratilgan 755 million soʻm evaziga “Temir-beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Yangidan taʼmirlangan bino xodimlarning samarali faoliyat olib borishi hamda fuqarolarning muammolari bilan ishlashda barcha qulayliklarga ega.
photo_2020-10-06_21-35-06.jpg
–Tizimga qaratilayotgan katta eʼtibor va gʻamxӱrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz, – deydi Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev. – Bu imkoniyat aholi murojaatlarini tezkor hal etish, ularning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA