Amudaryoda IT-markaz ish boshladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internet tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Amudaryo tumanida ham ana shunday IT-markaz oʻz faoliyatini boshladi.
photo_2020-10-06_18-52-48.jpg
photo_2020-10-06_18-53-02.jpg
photo_2020-10-06_18-52-45.jpg
Mazkur IT-markazning ochilishiga bagʻishlab tashkil etilgan marosimda tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
Bu yerda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari boʻyicha yoshlarni oʻrgatuvchi oʻquv kurslari uchun kompyuter sinflari, oʻquv zali va Play Station xonalari tashkil etilgan. Markaz yoshlar bilimini, ular oʻrtasida axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish maqsadiga xizmat qiladi.
photo_2020-10-06_18-52-57.jpg
photo_2020-10-06_18-52-54.jpg
photo_2020-10-06_18-53-05.jpg

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA