Joriy yilning 5–10-oktyabr kunlari Taʼlim inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida respublikamizning 12 ta (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari) hududida umumtaʼlim maktablaridagi ikkinchi malaka toifasiga talabgor oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.
Barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan xonalarda tashkillashtirilayotgan sinovlarda 44 ming nafardan ortiq oʻqituvchi qatnashishi kutilmoqda. Jarayonlarni tashkil etishda sanitariya-epidimiologiya qoidalariga amal qilinishi qatʼiy nazorat qilinmoqda.
Xususan, bugun, 6-oktyabr kuni ona tili va adabiyot, oʻzbek tili, rus tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, qirgʻiz tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan boʻlib oʻtadigan sinovlarda 7500 nafardan ortiq pedagog ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun, ertaga fizika, kimyo, geografiya, biologiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchilari bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.
OʻzA