Mahalla adolat tamoyillari koʻzgusiga aylanishi kerak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi “Boyterak” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov ishtirok etib, Prezidentimiz rahnamoligida mahalla tizimining jamiyatdagi nufuzini oshirish, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, uning vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini qayd etdi.
Darhaqiqat, sӱnggi yillarda fuqarolarning ӱzini-ӱzi boshqarish organlarining faoliyatini yana-da takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarini moddiy qӱllab-quvvatlash borasida keng kӱlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan kelgusi 3 yilga moʻljallangan oʻnta ustuvor yoʻnalish qayd etilib, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish bӱyicha vazifalar belgilandi.
Chunki, mahalla jamiyatda adolat tamoyillarining kӱzgusiga aylanishi kerak. Fuqarolar yigʻini odamlarning dardini tinglaydigan va muammolariga yechim topadigan joy boʻlishi lozim. “Transgaz servis Nukus” masʼuliyati cheklangan jamiyati homiyligida barpo etilgan “Boyterak” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosida hudud aholisining kundalik muammolarini hal etish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov shuningdek Nukus shahridagi “Naoʻpir” mahalla fuqarolar yigʻinida ham boʻldi. Bu yerda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, binoning moddiy-texnik bazasini koʻzdan kechirdi. Hudud aholisi, ayniqsa ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash yuzasidan fikr-takliflar bildirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligida shahar va tuman boʻlimi raislari bilan tashkil etilgan uchrashuvda mazkur tizim faoliyati samaradorligini yana-da oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Dovud ABIBULLAYEV, 
OʻzA muxbiri