Qoraqalpogʻistonda mobil aloqa sifati monitoring qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi oʻziga xos madaniyatga ega boʻlgan qardosh millat, Qoraqalpoq yurtining aloqa sifatini oʻrgandi. 
Demak navbat Qoraqalpogʻistonga. Nukus shahri UZMOBILE mobil aloqa xizmati ushbu tumanning “Naupir” mahallasida yaxshi ishlamaydi. MOBIUZning “Shayirlar auli”, “Naupir”, “Qaratau”, “Qutlimakan” va “Shimbayguzari” mahallalarida aloqa sifati qoniqarsiz. BEELINE va PERFECTUM aloqa operatori haqida aytadigan boʻlsak, ular “Qutlimakan”, “Naupir” va “Shimboyguzori” mahallalarida yaxshi ishlamaydi.
Ellikqalʼa tumani 22 ta mahalladan iborat, ushbu tumanning faqatgina “Chuqur kak” mahallasida aloqa sifati umuman yoʻq. Kegeyli tumanida jami 8 ta MFY, 6 ta OFY mavjud boʻlib, UZMOBILE “Jalpaqjap”, “Kumshungul” OFYlarida mavjud emas. MOBIUZ mobil aloqa kompaniyasi esa faqatgina 1 ta mahallada yaxshi ishlamaydi. UCELL va BEELINE aloqa operatorlariga tasanno, sababi barcha hududdda aʼlo darajada faoliyat yuritadi.
Ammo PERFECTUM barcha OFYlarda qoniqarli holatda emas. Chimboy tumanidagilar UCELL va UZMOBILE aloqa operatorlaridan yolchigan koʻrinadi. Barcha hudududa yaxshi ishlaydi. PERFECTUM esa aksi, umuman hech qaysi hudududda mavjud emas. BEELINE esa faqatgina “Tangara” mahallasida yaxshi ishlamaydi. Qorauzak tumanida 8 ta OFY va 5 ta MFY mavjud boʻlib, oʻrganish natijalari quyidagicha: PERFECTUMda umuman aloqa chiqmaydi.
UZMOBILE “A. Dosnazarov” va “Koybak” ovullarida umuman mavjud emas. BEELINE 11 ta OFY (ovul fuqarolar yigʻini) yaʼni, “Madeniyat”, “S.Kamolov”, “A. Dosnazarov”, “Koybak”, “Yesim uzak”, “Korauzak”, “Kuralpa”, “Yesim”, “Garezsizlik guzari”, “Kutli makan”larda umuman ishlamaydi. Toʻrtkoʻl tumanida jami 22ta MFY, 15 ta OFY mavjud boʻlib, faqatgina PERFECTUM mavjud emas, qolgan kompaniyalar ishlab turibdi.
Amudaryo tumanida umumiy 15 ta OFY, 12 ta MFY mavjud boʻlib, UZMOBILE va MOBIUZ 12 ta hududda umuman ishlamaydi. UCELL va BEELINE kompaniyalari esa 15 ta hududda yoʻq. Moʻynoq tumanida MOBIUZ va PERFECTUM aloqa operatorlari umuman ishlamaydi. 3 ta ovul va 3 ta mahalladan iborat Qoʻngʻirot tumanida barcha aloqa kompaniyalari deyarli qoniqarsiz ahvolda. Taxtakoʻpir tumanida aloqa sifati talabga javob bermaydi.
Qolgan aloqa operatorlari yaxshi boʻlmasa ham, har holda yoʻqdan koʻra bor. 4 ta OFY va 3 ta MFYdan iborat Qonlikoʻl tumanda PERFECTUMdan tashqari barcha aloqa kompaniyalari yaxshi ishlaydi. Shumanay tumanida ham shu koʻrsatkich, yaʼni PERFECTUM aloqa kompaniyasi umuman ishlamaydi. Beruniy tumani 13 ta OFY va 24 MFYdan iborat, bu tumanda barcha aloqa kompaniyalari ishlab turibdi.
Ammo qoniqarlisidan, qoniqarsizi koʻp. Aloqa kompaniyalari buni inobatga olib qoʻysalar, yaxshi boʻlardi. MOBIUZ esa faqatgina “Qorayantoq” mahallasida ishlamaydi. Qolganlarida yaxshi. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi monitoring kuzatuvlarini davom ettiradi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
matbuot xizmati

 

O’zA