OTB bilan hamkorlikda maktab tizimida zamonaviy taʼlim texnologiyalari joriy etiladi

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan video-uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Respublika davlat umumtaʼlim maktablarida taʼlim texnologiyalarining holati va taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhokama etildi.

Mutaxasisslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ayni vaqtda taʼlim texnologiyalarini joriy etish oʻrta darajada boʻlib, virtual va kengaytirilgan reallik kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirish hamda joriy etish uchun imkoniyat mavjudligi qayd etildi.

Xalq taʼlimi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki qoʻshma loyihasi doirasida davlat umumtaʼlim maktablarining taʼlim texnologiyalarini joriy etishga tayyorligini tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech yechimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqish, shuningdek, taʼlim texnologiyalarini xalq taʼlimi sohasining umumiy rejasiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Video-uchrashuv natijasida tomonlar xalq taʼlimi sohasiga taʼlim texnologiyalarini joriy etishda davomiy hamkorlikni olib borishga kelishdilar.

 

OʻzА