Nukusda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu yerda mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi uchun “Koʻrgazma saroyi” ham barpo etildi.
Yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ӱtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, Nukus shahridagi “Stroy Vektor” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Q.Panayev, Taxtakӱpir tumanidagi “Tayimbet” fermer xӱjaligi raisi, Ӱzbekiston Qahramoni S.Seytnazarov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonloma qӱllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng kӱlamli ishlarga tӱxtaldi.
Oʻqituvchi va murabbiylar kunida foydalanishga topshirilayotgan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining yangi binosi buning yaqqol isbotidir. Bugungi kunda Orolbӱyida qariyb 17,5 mingdan ziyod kichik va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsayotgan bӱlsa, shundan teng yarmi sӱnggi uch yil mobaynida tashkil etildi.
Yangi binoda tadbirkorlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Binoning 1-birinchi qavatida tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqargan mahsulotlari koʻrgazmasi uchun ekspozitsiya zali boʻlib, ikkinchi qavatida esa Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Xunarmandlar uyushmasi joylashgan. Koʻrgazma saroyida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir shahar va tuman uchun alohida oʻrin ajratilgan bӱlib, kelgusida bu yerda tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlari koʻrgazmasi namoyish etib boriladi.
– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan korxonamizda 10 turdagi televizor va 8 turdagi chang yutgich ishlab chiqarilmoqda, – deydi “Nukus Samsung” zavodi muhandis-texnologi Yerkinboy Djanaboyev.
– Jami 300 nafar kishi, asosan yoshlar mehnat qilayotgan korxonamiz mahsulotlari ichki bozorimizdan tashqari, Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilinmoqda. Maqsadimiz eksport kӱlamini yana-da kengaytirishdan iborat.
Marosim ishtirokchilari yangi binoda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev soʻzga chiqdi.
Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA