Unda Rossiya hududida vaqtincha ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularni joʻnab ketishdan oldin kasb va tilga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xabaringiz bor, sentyabr oyida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishilgan edi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari bu borada koʻplab uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Rossiyaning qator hududlarida boʻlib, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasini yana rivojlantirish, pandemiya sharoitida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya tashkillashtirilgan holda ishga joʻnatish hamda ushbu mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarimizning mehnat va boshqa huquqlarini himoya qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, kasb va til oʻrgatish yuzasidan kelishuvlarga erishgan edi.
Yigʻilishda Tatariston Respublikasi, Moskva, Sankt-Peterburg, Leningrad, Novosibirsk va Sverdlovsk viloyatlari ijro etuvchi hokimiyati organlari ishtirokida Rossiya hududida vaqtincha mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga kasb-hunar va rus tilini oʻrgatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston koʻmak berish borasidagi delegatsiyasi bilan maslahatlashuv natijalari haqida ham soʻz yuritildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 21-yigʻilishining yakuniy bayonnomasi loyihasiga kiritish boʻyicha takliflarni muvofiqlashtirish, “World Skills Russia” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi mavzular muhokama qilindi.