Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi “Boston Mega Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati kalava ip va toʻqima mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
2018-yilda tashkil etilgan korxonaga 7 million 227,8 ming AQSH dollari miqdoridagi bank krediti hisobidan Germaniya, Xitoy, Yaponiya va Belgiya davlatlaridan zamonaviy yigiruv-toʻquv uskunalari keltirib oʻrnatilgan. 350 ga yaqin kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.
Joriy yilning ayni davriga qadar korxonada 2 ming tonna kalava ip va 158 ming metr uzunlikdagi toʻqima mato ishlab chiqarilib, shundan 464 tonna kalava ip, qiymati 846,5 ming AQSH dollariga teng mahsulot xorijga eksport qilindi.
Korxona rahbari J.Jabborovning taʼkidlashicha, endilikda bu yerda jinsi matosidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA