Oʻzbekistonda toʻlaqonli missiya tashkil etilishi USAIDga Oʻzbekiston hukumatining keng koʻlamli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarini yana-da qoʻllab-quvvatlash bilan birga xususiy biznes, nodavlat tashkilotlar va mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini kuchaytirishiga hissa qoʻshadi.USAID mamlakatda iqtisodiy oʻsishni jadallashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, suv resurslarini boshqarish, qonun ustuvorligini takomillashtirish, migratsiya va odam savdosi bilan bogʻliq masalalari boʻyicha faoliyatini davom ettiradi.
Yangi missiya ushbu dasturlarni samarali yoʻnaltirib, mahalliy hamkorlar koʻlamini yana-da kengaytirish imkonini beradi.
– USAIDning bu yerda ikki tomonlama missiyasi tashkil etganidan juda mamnunman,- deydi AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum. – Bu Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston orasidagi oʻzaro manfaatli va yana-da yaqinroq aloqalarni yoʻlga qoʻyishning muhim bosqichidir. Keng qamrovli oʻzgarishlar roʻy berayotgan ushbu damda USAID ham Oʻzbekistonning uzoq muddatli ravnaqi va barqarorligiga muhim qissa qoʻshadi. USAIDning Oʻzbekistondagi dasturlari xususiy sektor va fuqarolik jamiyati tomonidan muntazam ijobiy baholanib kelgan. Yangi missiya faoliyat boshlashi bilan USAIDning Oʻzbekiston bilan hamkorligi yana-da mustahkamlanib, rivojlanishiga ishonch bildiraman. USAID jamoasi Oʻzbekiston xalqi va hukumati bilan bir qator yoʻnalishlarda yaqindan hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Mintaqaviy savdoni koʻpaytirish, sud-huquq islohotlarini ilgari surish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, muammolarni hal qilish qobiliyati, til va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlay oladigan taʼlim tizimini qoʻllab-quvvatlash, inson salomatligiga boʻlgan jiddiy tahdidlar, xususan, COVID – 19ga qarshi kurash kabilar shular jumlasidandir.